Usmon Mushafi
Anʼanaga koʻra, Hazrat Usmon (roziyallohu anhu) davrida koʻchirilgan Qurʼon nusxalaridan biri. Kiyik terisiga kufiy xatda yozilgan. Amir Temur davrida Samarqandga keltirilgan, 1869-yili Peterburgga olib ketilib, 1924-yili yurtimizga qaytarilgan. Hozir Moʻyi Muborak madrasasida saqlanadi.